Korxona 2002-yil Saidov Tolib tomonidan tashkil qilinib, xolva ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
2008-yil Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
2019-yilda oilaviy korxona sifatida faoliyati kengaytirilgan.
Xolva ishlab chiqarish bo’yicha 20 yillik tajribaga ega.
Korxonada 15-20 ga yaqin ishchi xodimlar faoliyat olib borishadi.
Hozirgi kunda yirik korxonalardan biri boʻlib, xalqimizga xizmat koʻrsatib kelmoqda.
15 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Milliy qadriyatlarimizni eslatib turuvchi mahsulotlarni bir qanchasini Saidov Tolibning oʻzlari kashf qilganlar.
Mahsulotlar export salohiyatiga ega 15 ga yaqin davlatlarga export qilingan.
Namuna sifatida Amerika, Qrim, Armeniya va boshqa davlatlarga jo’natilgan.
Rossiyaning, Tula shahriga yirik miqdorda export qilingan.
Xususan, O’rta Osiyo davlatlariga keng ko’lamli export amalga oshirilgan.
Hozirgi kungacha korxona 10 dan ortiq sertifikatni qoʻlga kiritgan.
Bunda asosan:
– Halol sertifikati;
– ISOni 4 xil sertifikatiga ega.
Maqsadimiz nafaqat Oʻzbekiston balki, butun jahon bozorida oʻzimizning milliy xolva tamini tanitishdir.